Marselo G'alyardo River Pleytdagi faoliyatini yakunlaydi

Argentinaning «River Pleyt» klubi bosh murabbiyi Marselo G'alyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Bu haqdagi rasmiy xabar klubning saytida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis mamlakat chempionati doirasida «Banfil'd»ga qarshi 26 fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvdan so'ng lavozimini topshiradi. Qayd etilishicha, iste'foga jamoaning kutilgan natijalarni bera olmayotgani sabab bo'lgan: hozirda «River Pleyt» turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
G'alyardo «River Pleyt»ni murabbiy sifatida ikki marta boshqargan. Uning 2014–2022 yillardagi birinchi davrida klub 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan, jumladan, Argentina chempionligi va Libertadores kubogida ikki bor g'olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing