Pogrebnyak Advokat ketgach Kyurasao termasiga qiziqishim so‘ndi dedi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq hujumchisi Pavel Pogrebnyak niderlandiyalik murabbiy Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketganini izohladi. Mutaxassis oilaviy sabablar tufayli lavozimni tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pogrebnyakning aytishicha, Advokat jamoani tark etganidan so‘ng u Kyurasao terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan. “Dikning ketgani juda achinarli, bundan ranjidim”, — deya uning so‘zlarini “Chempionat” nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Advokat boshchiligida Kyurasao termasi tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan edi.
Niderlandiyalik murabbiy avvalroq “Zenit”da hamda Rossiya terma jamoasida ham faoliyat yuritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing