date

Galatasarayda maoshlar bo'yicha muammolar yuzaga keldi

Galatasarayda maoshlar bo'yicha muammolar yuzaga keldi

Kon'yaspor bilan o'yindagi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati masala yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bir o'yini zaxirada bo'lgan «Fenerbahche» unga yaqinlashib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar bo'yicha muammolar yuzaga keldi