Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Konyaspora bilan kutilmagan maglubiyatdan keyin Galatasaray atrofida klub ichidagi muammolar borligi haqida gap-sozlar ko'paydi. TR24 xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini vaqtida ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manba ta'kidlashicha, bu holat ketma-ket uchinchi oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayapti, bu esa jurnalistlar va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyati jiddiy savol ostida qolayotganini aytdi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada qolgan Fenerbahche yaqin orada yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing