Pogrebnyak Advokat ketgach Kyurasao jamoasiga qiziqishim so‘ndi dedi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida to‘p surgan Pavel Pogrebnyak Niderlandiyalik murabbiy Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi boshqaruvidan ketgani haqida fikr bildirdi. Mutaxassis oilaviy sabablarga ko‘ra lavozimini tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pogrebnyakning aytishicha, Advokat ketganidan so‘ng Kyurasao termasining jahon chempionatidagi ishtirokiga bo‘lgan qiziqishi kamayib, deyarli yo‘qolgan. U murabbiyning ketgani juda achinarli ekanini va bu xabar uni ranjitganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Advokat boshchiligida Kyurasao terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Niderlandiyalik murabbiy avvalroq «Zenit» hamda Rossiya terma jamoasida ham ishlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing