Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni ijtimoiy tarmoqlarda ruhlantirdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik tog‘ chang‘ichisi Lindsi Vonnni qo‘llab-quvvatladi. Sportchi 2026 yilgi qishki Olimpiadada og‘ir jarohat olgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi Vonnning matonatini alohida ta’kidlab, u zabt etgan cho‘qqilar uning ichki kuchi oldida hech narsa emasligini yozdi. Ronaldu jarohatga qaramay kurashni davom ettirishga chaqirib, “afsonalar doim qaytadan tiklanadi” mazmunida murojaat qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2023 yil yanvaridan buyon Saudiya Arabistonida o‘ynamoqda. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, hujumchining transfer qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!