date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Shanghai Shenhua” yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda “Buriram United”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq “eshikni qarsillatib yopish”ning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 2:0 hisobida taylar foydasiga yakunlandi. “Buriram United” birinchi bo‘limning boshidayoq ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifiga aylandi.

Tez orada “Shanghai Shenhua” bir futbolchiga kamayib qoldi va bu holat o‘yin atrofidagi intriganing deyarli barham topishiga olib keldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanghai Shenhua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi