date

Galatasarayda maosh to'lovlari bo'yicha jiddiy muammo bor

Galatasarayda maosh to'lovlari bo'yicha jiddiy muammo bor

«Konyaspor»dan kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar e'tiborini yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyati tobora shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega «Fenerbahche»ning bitta o'yini zaxirada bo'lib, u raqibini quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maosh to'lovlari bo'yicha jiddiy muammo bor