Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘uloti vaqtida son qismidan jarohat oldi. Klub matbuot xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta savol ostida. Benzema tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan keyin tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. U yangi jamoasi safida hozircha uchta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing