Turkiyada o'yin payti futbolchi chayqani qutqarib qoldi

Turkiyada o‘tkazilgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Unda «Mevlanakapi Guzelhizar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o‘yinida darvozabon to‘pni uzoqqa tepmoqchi bo‘ladi, biroq maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqeadan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomonga yugurib borishdi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, keyin esa qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA portali xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlardan yordam olayotgani sabab tez orada sog‘ayib ketishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing