date

Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Mevlanakapy Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Lavhada darvozabon to‘pni maydondan uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq zarba maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomonga yugurdi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massajini qilishga kirishdi, keyin esa uni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan. Biroz vaqt ucha olmasligi mumkin, ammo veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli asta-sekin yaxshilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi