Al-Hilol Karim Benzemani jarohat sabab yo‘qotishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg‘ulotlari vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fransuz hujumchisining «Al-Taavun»ga qarshi navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi katta savol ostida qolmoqda. Yaqin kunlarda Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng tiklanish muddati bo‘yicha aniq ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Benzema qishki transferlar oynasida «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. U yangi jamoasi safida uch o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va bitta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing