Jezush Ronalduning navbatdagi o'yinda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoaga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u tarkibda bo'lmaydi.
Jezushning so'zlariga ko'ra, murabbiylar shtabi jadval tig'izligi sabab Ronalduga va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Sabab — oldinda chempionatdagi muhim «Al-Fateh»ga qarshi bahs turibdi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda murabbiy: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda uning maydonga tushmay qolishi birinchi holat emas», — deya ta'kidlagan.
Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!