Osimhen futbolchilarning aksariyati Yuventusda o'ynashni xohlaydi

"Galatasaray" hujumchisi Viktor Osimhen "Yuventus" haqidagi savolga munosabat bildirdi. So'nggi yillarda nigeriyalik forvardni bir necha bor turinliklar safiga o'tishi mumkinligi haqida gapirishgan, biroq transfer amalga oshmagan. O'tgan yozda esa "Galatasaray" uni "Napoli"dan 75 mln yevroga sotib olgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Osimhenning aytishicha, "Yuventus" boy tarixga ega ulkan klub bo'lib, u yerda ko'plab afsonalar to'p surgan. Hujumchi Turinda o'ynashni sharaf deb bilishini ta'kidladi, shu bilan birga hozir "Galatasaray"dagi holatidan mamnunligini ham yashirmadi. "Kelajakda nima bo'lishini hech qachon bilmaysan. Menimcha, dunyodagi futbolchilarning 90 foizi "Yuventus"da o'ynashni istaydi", — deya Osimhen so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Chorshanba kuni jamoalar Chempionlar ligasida javob uchrashuvini o'tkazadi. Ilk o'yinda Istanbul klubi o'z maydonida turinliklarni 5:2 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!