Anchelotti Neymarni martdagi yig'inga chaqirmaslikka qaror qildi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar bo'yicha qarorini qabul qildi. ESPN’ning Braziliyadagi manbasiga ko'ra, mutaxassis “Santos” hujumchisini mart oyidagi navbatdagi yig'inga chaqirmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu qaror Neymarning yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga borish imkoniyatlarini keskin kamaytiradi. Keyingi safar Braziliya terma jamoasi mundial arafasida yig'ilishi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda 34 yoshli Neymar jahon chempionatida o'ynashni juda istayotgani va aynan shu maqsad uning asosiy motivatsiyasi ekani haqida ko'p yozilgandi.
Mart oyida Braziliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlarida Fransiya va Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing