Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida muammo bor

Konyasporga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray atrofida yoqimsiz xabarlar tarqaldi. TR24 portali yozishicha, jamoa futbolchilari maoshini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo'yicha rasmiy izoh bermayapti, bu esa matbuot va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Holik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik istiqbollari jiddiy shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionatda peshqadamlikni ushlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta uchrashuvi bor Fenerbahche uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing