Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua ACLda mag'lubiyat bilan yakunladi

"Shanghai Shenhua" Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 7-turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda "Buriram United"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so'nggi imkoniyat — ammo kutilgan "eshikni qarsillatib yopish" amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Buriram United" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor aniq zarba yo'llab, o'yin taqdirini erta hal qildi. Oradan ko'p o'tmay "Shanghai Shenhua" futbolchisi qizil kartochka olib, jamoa bir kishi kam bo'lib qoldi va intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanghai Shenhua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!