date

Sergio Aguero Artetaning Arsenaldagi ishini yuqori baholadi

Sergio Aguero Artetaning Arsenaldagi ishini yuqori baholadi

“Manchester Siti”ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero Londonning “Arsenal” klubida bosh murabbiy Mikel Artetaning faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozirda “kanonirlar” Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ular “shaharliklar”dan 5 ochko oldinda bormoqda, biroq “Siti”ning bitta o'yin zaxirasi bor.

Aguero Arteta o'zini kuchli murabbiy sifatida isbotlaganini ta'kidladi. Uning aytishicha, ispaniyalik mutaxassis maydonda nima qilishni aniq biladigan, tartibli va raqobatbardosh jamoa shakllantirdi hamda “Arsenal”ni muntazam ravishda chempionlik kurashiga qaytardi. Shuningdek, u muxlislar Artetaning klubda uzoq muddat qolishini istashini qo'shimcha qildi, deya xabar beradi Arsenal News Channel.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” Angliya chempionatida so'nggi bor 2004 yilda g'olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sergio Aguero Artetaning Arsenaldagi ishini yuqori baholadi