Galatasarayda maoshlar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi

"Konyaspor"dan kutilmagan mag'lubiyatdan keyin "Galatasaray" ichkarisida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portaliga ko'ra, klub futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manba ma'lumoticha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari mavzu yuzasidan izoh bermayotgani esa jurnalistlar va muxlislar e'tiborini yanada kuchaytirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida "Galatasaray"ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Biroq "Fenerbahche" 52 ochko va zaxirada bitta o'yin bilan raqibni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing