Slutskining «Shanhay Shenxua»si ACLda «Buriram Yunayted»ga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanhay Shenxua» yetti turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq ijobiy yakun bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi uchrashuvni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. «Buriram Yunayted» dastlabki taymning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat gol urdi.
Tez orada «Shanhay Shenxua» bir futbolchisi chetlatilgach, maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi va bu holat o‘yin intrigasini deyarli so‘ndirdi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiyning «Shanhay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!