date

Slutskining “Shanxay Shenshua”si Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi

Slutskining “Shanxay Shenshua”si Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Shanxay Shenshua” 7-tur yakunlariga ko‘ra pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi “Buriram Yunayted”ga qarshi maydonga chiqib, turnir bilan xayrlashish oldidan hech bo‘lmasa ijobiy natija ko‘rsatishga urinib ko‘rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda tailandliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” birinchi bo‘limning avvalidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi: 11-daqiqada Gud Ko‘rtis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenshua” bir futbolchiga kamayib qoldi va bu holat o‘yindagi intriga deyarli so‘nishiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenshua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining “Shanxay Shenshua”si Osiyo Chempionlar ligasida mag‘lub bo‘ldi