date

Marselni xakerlar zarbasi maydondagi muammolardan ham ko'proq qo'rqitdi

Marselni xakerlar zarbasi maydondagi muammolardan ham ko'proq qo'rqitdi

Fransuzning «Marsel» klubi og'ir davrni boshdan kechirmoqda: jamoa bir necha turnirlardan chiqib ketdi, bosh murabbiy bilan xayrlashdi, sport direktori esa klubni tark etishga urinib ko'rdi. Hatto qolgan taqdirda ham, avvalgidek ishtiyoq bilan ishlashi qiyin ko'rinadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyatni yanada chigallashtirgan holat — klub saytiga uyushtirilgan kiberhujum bo'ldi. Natijada sayt va klub bilan turli ko'rinishda aloqada bo'lgan yuz minglab odamlarning shaxsiy ma'lumotlari internetga tarqalib ketgani aytilmoqda.

Mahalliy OAV tezkor o'tkazgan so'rovnoma natijasiga ko'ra, «Marsel» muxlislari hozir sport va boshqaruvdagi beqarorlikdan ko'ra, aynan xakerlik hujumi oqibatlari haqida ko'proq xavotirda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselni xakerlar zarbasi maydondagi muammolardan ham ko'proq qo'rqitdi