date

Turkiyada o'yinda futbolchi jarohatlangan chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yinda futbolchi jarohatlangan chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan uchrashuvlardan birida noodatiy holat kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Mevlanakapy Guzelhisar» hamda «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari o'yinidan video tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lavhada darvozabon to'pni maydondan uzoqlashtirmoqchi bo'ladi, biroq zarba ayni paytda maydon uzra uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketadi.

Shundan so'ng har ikki jamoa futbolchilari qush tomon yugurib boradi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatga tezda tushunib, chayqaga bilvosita yurak massajini qilgan.

Keyin futbolchi chayqani maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshiradi. Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa tirik qolgan, bir muddat ucha olmaydi, ammo veterinarlarga topshirilgach, sog'ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yinda futbolchi jarohatlangan chayqaga yurak massaji qildi