date

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik bor

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik bor

Kon'yaspor'ga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» atrofida yoqimsiz xabarlar paydo bo'ldi. TR24 ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani matbuot va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirdi.

Mahalliy jurnalist Holik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari tobora shubhali ko'rinish olayotganini ta'kidladi.

Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkosi va zaxirada o'yini bor «Fenerbahche» uni quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik bor