Kapello Leau markaziy hujumchi emasligini ta'kidladi

Mashhur murabbiy Fabio Kapello «Milan» yetakchilaridan biri Rafael Leauni sof markaziy hujumchi sifatida ko‘rmasligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi aslida qanot vingeri bo‘lsa-da, Massimiliano Allegri qo‘l ostida tez-tez hujum chizig‘ida maydonga tushmoqda. Joriy mavsum A Seriyaning 19 o‘yinida Leau 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Men uchun u baribir hujumchi emas. Urgan gollar sonini unutib turing — u oldinda jamoa uchun tayanch nuqta bo‘la olmaydi. Hozir buni ishonch bilan aytishimiz mumkin», — deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
26 turdan so‘ng «Milan» A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan 10 ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!