Ronaldu 5:0 g'alabadan keyin ikki so'z yozdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida “Al-Nasr” “Al-Namdja”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, turnir jadvalida yetakchilikka chiqdi. Uchrashuvdagi hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi — u 7-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan ko'p o'tmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi bir nechta suratlarni joylab, ularga qisqa izoh yozdi.
“Shunday davom eting!” — deya yozdi Ronaldu.
Ma'lumot uchun, Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirgan — kelishuv 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing