date

Turkiyada futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan uchrashuvdan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. "Mevlanakapy Guzelhishar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari o‘yinida darvozabon to‘pni maydondan uzoqlashtirmoqchi bo‘lganida, u tasodifan maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomonga yugurib bordi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan tezda vaziyatni anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, keyin esa qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Qush bir muddat ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada futbolchi chayqaga yurak massaji qildi