Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenyhua o'yinni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanghai Shenyhua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi «Buriram United»ga qarshi hech bo'lmasa musobaqa bilan xayrlashuvni munosib tarzda yakunlashga urindi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida «Buriram United» foydasiga yakunlandi. Tailand klubi birinchi bo'limning avvalidayoq ikki bor gol urib, natijani hal qildi. Oradan ko'p o'tmay «Shanghai Shenyhua» bir futbolchidan ayrilib, son jihatdan kamayib qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenyhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing