date

Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng ikki so'z yozdi

Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng ikki so'z yozdi

Saudiya Pro-ligasida “Al-Nasr” “Al-Namdja”ni 5:0 hisobida tor-mor etib, turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Uchrashuvdagi ilk gol muallifi Krishtianu Ronaldu bo'ldi — portugaliyalik 7-daqiqada penaltini aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin yakunidan ko'p o'tmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda suratlar jamlanmasini ulashib, qisqa izoh qoldirdi. Ronaldu postiga “Shunday davom eting!” deb yozdi.

Shu tariqa, Krishtianu Ronalduning faoliyatidagi jami gollari 965 taga yetdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirgandi — kelishuv 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng ikki so'z yozdi