Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapy Go'zelhisar» – «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Kadrda darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hodisa ortidan har ikkala jamoa futbolchilari darhol qush tomonga yugurdi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez anglab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, so‘ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. Bir muddat ucha olmaydi, biroq veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing