date

Jonatan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin

Jonatan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Jonatan Devid yaqin oylar ichida jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, kanadalik futbolchi yozgi transferlar davrida ketish variantini ko'rib chiqmoqda. Manbada aytilishicha, klub rahbariyati hamda bosh murabbiy Luchano Spalletti hujumchining o'yinidan to'liq qoniqmagan va shuning uchun Devid bo'yicha takliflarni tinglashga tayyor.

Jonatan Devid 2025 yilda «Lill»dan erkin agent sifatida «Yuventus»ga kelgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u turinliklar safida barcha musobaqalarda 36 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Devidning bozor narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jonatan Devid yozda Juventusdan ketishi mumkin