Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor

Milaning "Inter" klubi hujumchi Markus Tyuram yuzasidan kelishi mumkin bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "neradzurri" rahbariyatining fransuz futbolchining kelajagiga oid qarashlari o'zgargan: Tyuram endi mutlaqo sotilmaydigan futbolchi sifatida ko'rilmayapti. Hatto u yozgi transfer oynasidayoq jamoani tark etishi ham ehtimoldan xoli emas.
Transfermarkt portali 28 yoshli hujumchining bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda. Tyuramning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq u Angliya Premyer-ligasining ayrim klublari bilan bog'langan edi.
Joriy mavsumda Markus Tyuram 32 ta o'yinda 12 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!