date

Gonudras terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'yindan voz kechdi

Gonudras terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'yindan voz kechdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig'iniga bir oydan ham kam vaqt qoldi, biroq Rossiya futbol ittifoqi (RFU) hanuzgacha o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha raqiblar ro'yxatini rasman e'lon qilgani yo'q. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, dastlabki raqib Mali bo'lishi deyarli aniq: afrikaliklar avvalroq kelishuv borligini tasdiqlagan.

Sport24 xabariga ko'ra, RFU Gonudras terma jamoasiga ham taklif bilan chiqqan, ammo mahalliy federatsiya mart oyining so'nggi kunida Sankt-Peterburgda o'rtoqlik o'yini o'tkazish g'oyasini rad etgan.

Qayd etilishicha, Gonudrasning bu qarori jamoa mart oyidagi xalqaro tanaffus uchun allaqachon boshqa rejalarga ega ekani bilan bog'liq.

Hozirda Gonudras terma jamoasi FIFA reytingida 65-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gonudras terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'yindan voz kechdi