date

Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor

Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor

Milaning “Inter” klubi hujumchi Markus Tyuram bo'yicha keladigan takliflarni muhokama qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “neradzurrilar” rahbariyatining fransuz futbolchisiga doir rejasi o'zgargan: Tyuram endi “sotilmaydigan” futbolchi sifatida ko'rilmayapti. Shu bois, hujumchi yozda jamoani tark etishi ehtimoli bor.

Transfermarkt portali 28 yoshli futbolchining bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda. Tyuramning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq esa u Angliya Premyer-ligasi klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Markus Tyuram 32 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Markus Tyuram bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor