date

Brentford bosh murabbiy Endryus bilan shartnomani uzaytirdi

Brentford bosh murabbiy Endryus bilan shartnomani uzaytirdi

Angliyaning «Brentford» klubi rasmiy sayti orqali bosh murabbiy bilan tuzilgan kelishuv uzaytirilganini ma’lum qildi. Kit Endryus yangi shartnomaga imzo chekdi va u 2032 yil yozigacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Brentford» joriy mavsumni juda muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda: jamoa APL turnir jadvalida hozircha yettinchi pog‘onada bormoqda. Endryus jamoani o‘tgan yozda qabul qilib olgan, bungacha esa klubda Tomas Frank shtabida faoliyat yuritgan.

«Brentford»ning navbatdagi APL o‘yini 28 fevral, shanba kuni safarda «Bernli»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 20:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brentford bosh murabbiy Endryus bilan shartnomani uzaytirdi