Flik Barselona hech qachon taslim bo'lmasligini xohlaydi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kataloniya klubidagi ish jarayoni va jamoaga qo'yiladigan talablar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, “Barselona”da faqat natija emas, balki maydondagi o'yin uslubi ham katta ahamiyatga ega. Flik o'tgan mavsum “Inter”ga qarshi ikki uchrashuvdan so'ng musobaqani tark etish alamli bo'lganini, biroq jamoa ko'rsatgan o'yin baribir faxr uyg'otganini esladi.
Murabbiy bunday yondashuvni davom ettirish muhimligini ta'kidladi: klubda har bir detal muhokama qilinadi, tahlil qilinadi, muxlislar esa “Barselona” bilan yashaydi. Flik jamoa juda yosh va iqtidorli ekanini qayd etdi, ammo raqobatbardosh bo'lish uchun har bir mashg'ulotda 100 foiz ishlash shartligini uqtirdi.
“Men hech qachon qo'l siltab qo'ymaydigan jamoani ko'rishni xohlayman. Bu “Barselona”ning DNKsi”, — dedi Flik klub telekanaliga bergan intervyusida.
Hozirda “Barselona” La Ligada peshqadam bo'lib turibdi va ikkinchi o'rindagi “Real”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!