Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketmoqda

Avvalroq Marselo Galyardoning «River Pleyt»dagi kelajagi mavhumligi haqida xabar bergandik. Endi bu masala rasman yakun topdi: mutaxassis endi jamoa bosh murabbiyi bo‘lmaydi va klub u bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Galyardo «River Pleyt»ni yana bir uchrashuvga maydonga boshlab chiqadi. Bugun, payshanba kuni «River» «Banfild»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Bu uchrashuv muxlislarga ustoz bilan xayrlashish imkonini beradi. Biroq stadionda ayrim futbol ishqibozlari uning ishidan noroziligini ham bildirishga urinishi ehtimoldan xoli emas.
Galyardo «River Pleyt»da 90-yillarda futbolchi sifatida ham to‘p surgan, keyinchalik esa klubni bir necha bor boshqargan. Shu bois u klub muhitida hurmatga sazovor insonlardan biri hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!