date

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo'lib o'tgan "Mevlanakapi Guzelhisar" va "Istanbul Yurdum Spor" jamoalari uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Kadrda darvozabon to'pni uzoqlashtirmoqchi bo'ladi, biroq u maydon uzra uchib o'tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Voqeadan so'ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib bordi. "Istanbul Yurdum Spor" sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishni boshladi, keyin esa qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA portali xabariga ko'ra, chayqa omon qolgan. Bir muddat ucha olmasligi mumkin, ammo veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog'ayib ketishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yin paytida futbolchi chayqaga yurak massaji qildi