date

Martines Ronalduning bugungi roli avvalgidan boshqacha ekanini aytdi

Martines Ronalduning bugungi roli avvalgidan boshqacha ekanini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, u jamoaga kelganidan beri Ronaldu o'zini namunali futbolchi sifatida ko'rsatgan: sardor sifatida hammani ortidan ergashtiradi va maydonda boshqalarga o'rnak bo'ladi. Martines futbol jihatidan esa Ronaldu endi «Manchester Yunayted»dagi ilk davridagi kabi emasligini qayd etdi: u qanot hujumchisi ham, qat'iy pozitsion intizom talab qilinadigan an'anaviy «to'qqizlik» ham emas, balki jamoaning asosiy yakunlovchi futbolchisi.

Portugaliya terma jamoasi kelasi yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronalduning bugungi roli avvalgidan boshqacha ekanini aytdi