Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, u jamoaga kelganidan beri Ronaldu o'zini namunali futbolchi sifatida ko'rsatgan. Martines Ronalduni barchaga o'rnak bo'ladigan sardor deb atadi.
Shu bilan birga, murabbiy Ronalduning hozirgi futbol uslubi avvalgi darajada emasligini qayd etdi. Uning fikricha, Ronaldu endi “Manchester Yunayted”dagi ilk davridagidek qanot hujumchisi emas, shuningdek, “to'qqizlik” rolida qat'iy pozitsion intizom talab qilinadigan o'yinchi ham emas — u Portugaliya uchun golni yakunlab beradigan asosiy ijrochi.
Ma'lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi yaqin yozda jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!