Al-Hilol duranglardan so‘ng Indzagi kelajagi so‘roq ostida

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti, ammo so‘nggi uchrashuvlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da Simone Indzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi borasida gap-so‘zlar ko‘paygan. Xususan, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, Simone Indzagi hozirda dunyodagi eng yuqori maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!