date

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klub ichida taranglik bor

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klub ichida taranglik bor

"Konyaspor"ga kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng "Galatasaray" atrofida noxush xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat yuzasidan izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida "Galatasaray"ning chempionlik imkoniyatlarini shubha ostiga oldi.

Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bir o‘yin zaxirasi bor "Fenerbahche" yaqin ta’qibchiga aylanib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klub ichida taranglik bor