date

Diyego Kosta Pike va Puyolni meni haqorat qiling degan

Diyego Kosta Pike va Puyolni meni haqorat qiling degan

Madridning «Atletiko» klubi sobiq hujumchisi Diyego Kosta «Barselona» himoyachilari Xerard Pike va Karles Puyolga qarshi o'yinlar qanday o'tganini esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kosta Diego Simeone qo'l ostida 2010-yillarning birinchi yarmida «Atletiko» safida yorqin o'yin ko'rsatib, keyinroq «Chelsi»ga ko'chib o'tgandi.

«“Barselona”ga qarshi o'ynaganimizda Pike va Puyol meni urib yuborardi, keyin esa uzr so'rardi. Men ulardan uzr so'ramaslikni, aksincha meni haqorat qilishni so'rardim.

“Barsa”ga qarshi biz ko'proq himoyalanishga majbur bo'lardik — deyarli to'pga ham tegmasdik», — deya Kosta so'zlarini Barca Universal keltiradi.

37 yoshli, kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan ispaniyalik futbolchi 2025 yil boshidan beri klubsiz yuribdi. U «Atletiko» safida jami 217 uchrashuv o'tkazib, 83 ta gol urgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diyego Kosta Pike va Puyolni meni haqorat qiling degan