date

Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chaqirmoqda, u xotirjam

Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chaqirmoqda, u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag'lubiyatsiz yuribdi, biroq so'nggi turlarda qayd etilgan bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shundan so'ng Saudiya Arabistonida Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gaplar kuchaygan, bunga ayniqsa «Al-Hilol» muxlislari bosim o'tkazmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq Indzagining o'zi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta kompensatsiya to'lanishi shart.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi hozirda dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Italiyalik mutaxassisning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol muxlislari Indzagini iste'foga chaqirmoqda, u xotirjam