date

Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi

Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, u terma jamoaga kelganidan beri Ronaldu o'zini namunali futbolchi sifatida ko'rsatib kelmoqda: sardor sifatida jamoaga o'rnak bo'lyapti. Martines Ronaldu futbolchilik tomondan avvalgidek emasligini ham qo'shimcha qildi — xususan, u “Manchester Yunayted”dagi ilk davridagi kabi qanot hujumchisi emas. Murabbiy fikricha, Ronaldu “to'qqizlik” rolida qat'iy pozitsion intizom talab qilinadigan o'yinchi ham emas, u ko'proq yakunlovchi, ya'ni hujumlarni gol bilan tugatadigan futbolchi.

Qayd etilishicha, yaqin yozda Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa uch davlat — AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronalduning roli o'zgarganini ta'kidladi