Galatasarayda maoshlar bilan bog'liq muammo yuzaga keldi

Konyasporga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray ichida jiddiy muammolar borligi haqida gap-so'zlar tarqaldi. TR24 xabariga ko'ra, klub futbolchilari maoshini vaqtida ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rasmiylari vaziyat bo'yicha izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari ham shubha ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa 55 ochko bilan chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada qolgan Fenerbahche yaqin orada yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing