Al-Hilolda Inzagi atrofida isteʼfoga oid gap-soʻzlar kuchaydi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali magʻlubiyat ko‘rmagan, biroq so‘nggi turlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da Simone Inzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi muhokamaga chiqdi. Aytilishicha, klub ishqibozlarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi kayfiyatda.
Shunga qaramay, Inzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning «Al-Hilol» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan avval bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya nazarda tutilgan.
Simone Inzagi hozirda dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar orasida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!