date

Bundesliga grandi Interdan Pavarning transferini ko'rib chiqmoqda

Bundesliga grandi Interdan Pavarning transferini ko'rib chiqmoqda

Himoyachi Benshemen Pavar yozgi transferlar davrida yana klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mavsum oxirigacha milanlik «Inter»dan «Marsel»ga ijaraga olingan fransuz futbolchisi bo'yicha fransuz klubi 15 mln yevrolik sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi bo'yicha yaqinda Dortmundning «Borussiya»si so'rov yuborgan, shuningdek, nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi ham qiziqish bildirmoqda. «Neradzurri» rahbariyati esa Pavardan mavsum oralig'ida daromad qilishni ko'zlamoqda.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Pavarning bozor qiymati 20 mln yevroga baholanmoqda. Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bundesliga grandi Interdan Pavarning transferini ko'rib chiqmoqda