Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni tavsiya qildi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinadagi faoliyatida jiddiy bosim ostida qolmoqda. «Boka Juniors» muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan kutib olmoqda, o‘yin amaliyoti esa barqaror emas: ba’zan u maydonga tushmayapti yoki uchrashuvni oxirigacha o‘ynamay, erta almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri bunday munosabatni futbolchi uchun haqoratli deb baholadi. Uning fikricha, Kavanining tajribasi va obro‘sini inobatga olganda, bunday vaziyatda futbolchilikni yakunlash ham mantiqli yechim bo‘lishi mumkin.
Rudjeri: «Bunday tarixga ega futbolchi uchun bu haqorat. Shunday bo‘lgandan keyin, futbolni yakunlagani ma’qul», — degan fikrlarni derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublar safida ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!