date

Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada o‘tkazilgan «Mevlanakapi Guzelhisar» va «Istanbul Yurdum Spor» jamoalari uchrashuvida noodatiy holat yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq u maydon uzra uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qush yerga qulagach, har ikki jamoa futbolchilari darhol uning yoniga yugurib bordi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan tezda vaziyatni baholab, chayqaga bilvosita yurak massajini qilishga kirishdi, so‘ng qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.

Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa tirik qolgan. Ma’lum muddat u ucha olmasligi mumkin, biroq veterinarlarga topshirilgach, qushning ahvoli asta-sekin yaxshilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi